"Chelsi"ning 2 nafar asosiy futbolchisi "Atletiko"ga qarshi javob bahsini o‘tkazib yuboradi

  • 24 fevral, 2021, 11:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" yarim himoyachilari Meyson Maunt va Jorjino "Atletiko"ga qarshi bo‘ladigan EChL 1/8 final javob bahsida ishtirok eta olmaydi.

Tecno

Har ikkala futbolchi ham kechagi o‘yinda hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirilgan va ularning musobaqadagi sariq kartochkalari soni 3 taga etgan. Shu tariqa ular bitta o‘yindan iborat diskvalifikatsiyaga uchragan.

"Chelsi" - "Atletiko" o‘yini 17 mart kuni Londonda o‘tkaziladi. Dastlabki o‘yindan so‘ng hisob 1:0, “aristokratlar” foydasiga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!