“Chelsi”ning asosiy nishoni – jamoani chempion qilishga qodir

  • 3 may, 2021, 19:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” yozda “Inter” hujumchisi Romelu Lukakuni asosiy transfer nishoni sifatida belgiladi.

Tecno

Belgiyalik hujumchi joriy mavsumda “Inter”ning uzoq tanaffusdan so‘ng, muddatidan oldin  A Seriya chempioni bo‘lishiga katta hissa qo‘shdi.

Shu bois, Tomas Tuxel sermahsul hujumchini “Stemford Brij”da o‘ynashini istamoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, aslida germaniyalik bosh murabbiy jamoaga Erling Xolandni taklif qilishni istayotgan edi. Biroq, norvegiyalik hujumchi atrofidagi vaziyat ancha murakkab. Shuning uchun ham Tuxel Lukaku variantini ma’qul ko‘rmoqda.

Lukaku joriy mavsumda A Seriyada 27 ta gol urdi v to‘qqizta golli pas uzatdi. Uning transfer summasi 90 million evroni tashkil qilyapti.

Aslida “Chelsi” 2011-2014 yillarda Lukakuga ega qilgan bo‘lsa-da, 15 ta uchrashuvda gol ura olmagan hujumchini “Everton” va “Vest Bromvich”ga ijaraga berib yuborgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!