
“Chelsi”ning barcha frantsiyalik futbolchilari jamoadoshini boykot qildi
“Chelsi”ning barcha frantsiyalik futbolchilari va ularning ayrim jamoadoshlari “aristokratlar” safidagi jahon chempioni Entso Fernandesning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidan chiqib ketdi.
Bunga sabab Entso Argentina terma jamoasi Amerika kubogida g‘olib chiqqanidan keyin jamoadoshlariga qo‘shilib, Frantsiya terma jamoasi o‘yinchilari sha’niga tegadigan qo‘shiq kuylagani bo‘ldi.
Buni haqorat sifatida qabul qilgan London klubining frantsiyalik legionerlari Aksel Disasi, Malo Gyusto, Kristofer Nkunku, Malang Sarr, Benua Badyashil, Lesli Ugochukvu va Uesli Fofana, belgiyalik Romeo Lavia hamda ivuarlik Datro Fofana Entso Fernandes sahifasini boykot qildi.
AQSh mezbon qilgan Amerika kubogining finalida Argentina Kolumbiyani kichik hisobda mag‘lub etib, chempionlik unvonini saqlab qolgan edi. G‘alabani nishonlash chog‘ida Entso Fernandes ijtimoiy tarmoq orqali jonli efirga chiqib, jamoadoshlari bilan “Ular Frantsiya uchun o‘ynayapti, lekin barchasi Angola”dan, deb kuyladi.
Garchi Entso Fernandes keyinchalik uzr so‘ragan bo‘lsa-da, irqchilik qilgani bo‘yicha javob berishi va jazolanishi mumkin.
Fikrlar