
"Chelsi"ning kubok finalidagi raqibi ma’lum
Angliya Kubogi yarim finalining ikkinchi bahsida "Lester" va "Sautgempton" jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Unda minimal hisobda g‘alaba qozongan "Lester" final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
"Tulkilar" safida kiritilgan yagona golga Kelechi Ixeanacho mualliflik qildi. Ushbu gol bellashuvning 55-daqiqasida kiritildi.
Brendan Rojers shogirdlarining finaldagi "Chelsi"ga qarshi to‘qnashuvi 15 may sanasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar