“Chelsi”ning nozik nuqtasi

  • 25 dekabr, 2021, 10:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bosh murabbiy Tomas Tuxel tarkibning nozik nuqtasini topdi. Germaniyalik mutaxassisning fikricha, klub rahbariyati qishki transferlar vaqtida birinchi bo‘lib chap qanot himoyachisini olib kelishi kerak bo‘ladi.

Tecno

Bu muammo kelib chiqishiga chap qanot himoyasida o‘ynab kelgan Ben Chiluellning og‘ir jarohat olgani sabab bo‘ldi.

Hozircha, uning o‘rnini Markos Alonso bosib turibdi. Biroq yoshi o‘tib borayotgan ispaniyalik futbolchi himoyadan hujumga o‘tishda qiynalib qolmoqda va unga tezlik etishmayapti.

Tomas Tuxel bu o‘ringa “Everton” vakili Lukas Dinni loyiq ko‘ryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!