
“Chelsi”ning Xoland bo‘yicha supertaklifi erda qoldi
“Chelsi” rahbariyatining “Borussiya” hujumchisi Erling Xoland transferi bo‘yicha amalga oshirgan yana bir urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
Avvalroq, London klubi xo‘jayini Roman Abramovich norvegiyalik to‘purar transferi uchun 175 million evro ajratgan edi. Dortmundliklar bu taklifni qabul qilmadi.
Endi “Chelsi” Tomas Tuxel orzu qilayotgan o‘yinchini olish uchun transfer summasiga ikki futbolchi – hujumchi Temmi Abraxam va yarim himoyachi Kallum Xadson-Odoini qo‘shib berishni taklif qilyapti.
Biroq, bu usul ham “Borussiya”ga o‘tmadi. Bundan oldin Erling Xoland kelasi yili “Real”ga o‘tish haqida “Qirollik klubi” bilan kelishib olgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Fikrlar