Chempion barcha bilan jangga tayyor bo‘lishi shart!

  • 20 sentabr, 2024, 15:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Taniqli murabbiy Xaver Mendes UFC chempioni Merab Dvalashvili (18-4) nega rossiyalik jangchi Umar Nurmagomedov (18-0) bilan jang qilishdan bosh tortganini tushunmayapti.

"Nima deyishga hayronman. Nega Merab Umarni chempionlik jangiga munosib ko‘rmayapti? Malumki, promoushen Nurmagommedov - Sendhagen juftligi g‘olibiga chempionlikni vada qilgan va hozir UFC o‘z vadalarini bajarish ustida ishlamoqda. Dvalashvili jangdan qochyaptimi yoki yo‘q, bilmadim. Lekin bu juda g‘alati tuyilyapti. Men doim shogirdlarimga aytaman: "Chempion bo‘lganingda qolganlar bilan jangga tayyor bo‘lishing shart. Sen tanlaydigan yagona narsa - sanalar!" - dedi murabbiy.

Malumot uchun, avvalroq, Merab Umarni kuchli 15 talikdagi birgina raqibni engib, chempionlik jangida ishtirok etmoqchiligini tanqid qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!