Chempion bo‘lsa o‘ziga, jamoamizga qadam bosmasin!

  • 26 may, 2022, 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Manchester Siti” safida Angliya chempioni bo‘lgan Rahim Sterlingni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.

Tecno

The Mirror nashrining xabar berishicha, Erling Xolandga katta pul sarflagan “shaharliklar”ni xarajatlarning bir qismini qoplash uchun ayrim o‘yinchilarini sotishga tayyor. Ular orasida 27 yoshli hujumkor futbolchi Sterling ham bor.

Garchi “Chelsi” xo‘jayinlari unga xaridor bo‘layotgan bo‘lsa-da, muxlislar Steringni Londonga kelishiga jiddiy qarshilik ko‘rsatmoqda.

“Chelsi” muxlislari Sterling transferiga nisbatan negativ fikrlarini ijtimoiy tarmoqlarda tinimsiz bildirib kelyapti. Ular karerasi ortga keta boshlagan o‘yinchidan ko‘ra, klubning Konor Gallaxer, Armando Broyya kabi yoshlariga imkon berish kerakligini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!