Chempion jamoa osiyolik yulduzdan tezroq qutilmoqchi

  • 6 iyun, 05:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir yillik tanaffusdan keyin yana Bundesliga chempionligini qo‘lga kiritgan “Bavariya” yozgi transferlar davrida tarkibida o‘zgarish qiladi.

Tecno

Taniqli jurnalist Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, myunxenliklar markaziy himoyachi Kim Min Djeni transferga qo‘ydi.

Chempion jamoa janubiy koreyalik futbolchini sotib yuborish orqali haznaga 50 million evro tushirmoqchi. Tajribali himoyachi atrofidagi vaziyatni Angliya, Italiya v Frantsiya klublari diqqat bilan kuzatib bormoqda.

28 yoshli Kim Min Dje yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 43 marotaba maydonga tushdi. Bu uchrashuvlarda himoyadagi vazifasini uddalashdan tashqari raqiblar darvozasini uch marta ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!