Chempion jamoa uch futbolchidan voz kechdi
Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan “Inter” yozgi transferlar oynasi davrida uch nafar yarim himoyachi – Davide Frattezi, Aleksander Stankovich va Luis Enrikeni sotishni rejalashtirmoqda.
Milan klubi ularning transferidan taxminan 90 million yevro ishlab olishni maqsad qilgan.
“Inter”ning tarkibni kuchaytirish uchun yozga mo‘ljallagan umumiy transfer byudjeti 135-140 million yevro atrofida bo‘ladi. Bu summaning ma’lum qismi chiqish transferlaridan tushgan mablag‘lardan tashkil topadi.
Bu haqida Corriere dello Sport nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ketishi eng ko‘p kutilayotgan o‘yinchi Fratteze bo‘lib turibdi. Milanliklar uni 30 million yevroga baholamoqda. Shuningdek, klub Luis Enrikeni ham xuddi shunday summaga sotishga tayyor. Qishda “Bornmut” bu futbolchi uchun shuncha summa taklif qilgan, ammo o‘sha paytda milanliklar u bilan xayrlashishni istamagan edi.
“Inter” Stankovichni “Bryugge”dan 23 million yevroga to‘liq sotib oladi, biroq futbolchi katta ehtimol bilan klubda qolmaydi. Unga “Brentford” qiziqish bildirmoqda. Milan klubi Stankovichni 40 million yevroga sotib yuborishni ko‘zlayapti.

Fikrlar