Chempion "Liverpul"ni tark etadi

  • 12.07.2020 18:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul” yarim himoyachisi Fabino mavsum yakunlanishi bilan boshqa jamoaga o‘tib ketishni maqsad qilgan.

Braziliyalik tayanch yarim himoyachiga “Atletiko” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu futbolchi Madriddan ketishga hozirlik ko‘rayotgan Tomas Partining o‘rnini bosishi kerak. “Atletiko” rahbariyati Fabino uchun shartnomada belgilangan badal pullarini to‘lashga rozilik bergan.

26 yoshli futbolchi “Liverpul”ga bundan ikki yil muqaddam “Monako”dan olib kelingan edi. Shu kungacha liverpulliklar tarkibida 52 ta uchrashuvda maydonga tushgan Fabino uchta gol va to‘rtta golli pas muallifi bo‘lgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!