Chempionlar Ligasi haftaning eng yaxshilaridan tuzilgan ramziy jamoasi bilan tanishing

  • 16.04.2026 22:22
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Chempionlar ligasi rasmiy akkaunti X ijtimoiy tarmoғidagi sahifasida joriy musobaqa haftasining eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy jamoani e’lon qildi.

Darvozabon: Xuan Musso ("Atletiko" Madrid).

Himoyachilar: Markinos (PSJ), Upamakano ("Bavariya"), Eduardo Kuarejma ("Sporting").

Yarim himoyachilar: Yozua Kimmix ("Bavariya"), Martin Subimendi ("Arsenal"), Markos L’yorente ("Atletiko" Madrid), Arda Gyuler ("Real" Madrid).

Hujumchilar: Maykl Olise ("Bavariya"), Usmon Dembele (PSJ), Ferran Torres ("Barselona").

Haftaning eng yaxshi futbolchisi deb Maykl Olise topildi.

Turnirning bu yilgi finali Budapeshtdagi "Pushkash Arena" stadionida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning hal qiluvchi o‘yini 2026 yil 30 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi"PSJ hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!