
Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishi mumkin bo‘lgan 3 ta da’vogar nomi taxmin qilindi
"Goal.com" nashri tahlilchilari Chempionlar ligasining 2022/2023 yilgi mavsumida jamoalarning g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi. Eslatib o‘tamiz, bir kun avval turnirning pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Jurnalistlarning fikricha, 1/8 finalda Germaniyaning “RB Leyptsig” klubiga qarshi o‘ynaydigan “Manchester Siti”ning musobaqada g‘alaba qozonish imkoniyati juda yuqori baholangan.
Ikkinchi da’vogar "Real" Madrid, kuchli uchlikni esa Myunxenning "Bavariya" klubi yopib beradi. Eslatib o‘tamiz, ispan klubi “Liverpul” bilan, Germaniya chempioni esa Frantsiyaning PSJ jamoasi bilan to‘qnash keladi.
1/8 finalning dastlabki o‘yinlari 14-15 va 21-22 fevral kunlari, javob o‘yinlari esa 7-8 va 14-15 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar