Chempionlar ligasida mavsumning qolgan uchrashuvlari sanalari ma’lum bo‘ldi

  • 10 iyun, 2020, 21:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pandemiya sabab to‘xtatib qo‘yilgan UEFA Chempionlar ligasining joriy mavsum o‘yinlari qaysi sanalarda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

AS tarqatgan xabarga ko‘ra, 1/8 finalning javob o‘yinlari 8-9 avgust kunlari o‘tkazilishi mumkin. Shundan so‘ng UEFA chorak finalda ishtirok etuvchi 8 ta klub ishtirokida mini turnir tashkillashtirmoqchi. Chorak va yarim final bahslari bir o‘yindan iborat bo‘ladi. Barcha o‘yinlar Lissabonda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Aytish kerakki, chorak finalning 4 ta jamoasi nomi aniq bo‘lib ulgurgan. Bular "Atalanta", "Atletiko", "RB Leyptsig" va PSJ.

"Barselona" - "Napoli" (dastlabki o‘yin - 1:1), "Manchester Siti" - "Real" (dastlabki o‘yin 2:1), "Bavariya" - "Chelsi" (dastlabki o‘yin  3:0) va "Yuventus" - "Lion" (dastlabki o‘yin 0:1) juftliklari esa javob bahslarini o‘tkazishi kerak. Shundan so‘ng 1/4 finalning barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!