Chempionlar ligasida o‘ynash oson ish emas!
Evropa chempionlar ligasida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rayotan “Renn” tarkibini kuchaytirish uchun grand klublar futbolchilarini transfer qilishni mo‘ljallamoqda.
Bu gal frantsuzlar “Chelsi”ning markaziy himoyachilaridan biri Fikayo Tomorini olmoqchi. 22 yoshli angliyalik futbolchi o‘z jamoasida etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti va shu bois Evropa miqyosidagi turnirda o‘ynash uchun taklifni qabul qilishi kutilmoqda.
Yakunlangan mavsumda 15 ta o‘yin o‘tkazgan markaziy himoyachi xizmatlariga “Vest Xem” ham jiddiy qiziqmoqda.
"Renn" rahbariyati "Bavariya"dan Xavi Martinesni ham olib kelish harakatlarini boshlab yuborgan.



Fikrlar