Chempionlar ligasiga chiqolmasak, superklubdan ketamiz!

  • 26 aprel, 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi mavsumning qizg‘in pallasida kelasi Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashmoqda.

Tecno

So‘nggi turda turinliklar kutilmaganda “Parma”ga yutqazib qo‘ydi va kuchli to‘rtlikka qo‘shilib olish imkonini qo‘ldan chiqardi.

“Yuventus”ning etakchi o‘yinchilari agar jamoa Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, Turinni tark etishi mumkinligi aytilmoqda.  

La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, agar “Yuventus” qit’aning eng nufuzli musobaqasida qatnashmasa, g‘aznaga 60 million evro miqdorida tushum bo‘lmaydi. Buning oqibatida klub etakchi himoyachilar – Federiko Gatti va Andrea Kambyazoni sotib yuborishga majbur bo‘ladi.

Shuningdek, darvozabon Mattia Perin va hujumchi Dushan Vlaxovich ham hozirgi jamoasida faqat Chempionlar ligasi uchun o‘ynayotgani ma’lum bo‘ldi. Ulardan tashqari, ijarada o‘ynayotgan Randal Kolo Muani va Fransishku Konsaysau ham Chempionlar ligasi bo‘lmasa, Turinda uzoq qolmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!