Chempionlar ligasiga chiqqan "Nyukasl" "Yuventus" yulduzini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yangi mavsumda Evropa chempionlar ligasida ishtirok etadigan "Nyukasl" klubi transferlar qilishdan to‘xtamoqchi emas. "Qarg‘alar" endi "Yuventus"ning tajribali himoyachisi Leonardo Bonuchchi xizmatlariga muhtojlik sezmoqda. 

Klub rahbariyati Leonardoning ulkan tajribasi jamoaga naf keltirishiga ishonadi. Futbolchining turinliklar bilan yana bir yillik shartnomasi mavjud. "Yuve" uni qo‘yib yuborishga tayyor ekani aytilmoqda. 

Hozircha "Nyukasl" rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q. Ammo tez orada Italiya klubiga taklif yuborishi aytilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!