
Chempionlar ligasining hafta futbolchisi kim bo‘ladi?
Xabaringiz bor joriy hafta Chempionlar ligasida 1/8 finalning javob bahslari bo‘lib o‘tdi. UEFA rasmiy sayti esa musobaqaning joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra Marsel Zabittser ("RB Leyptsig"), Yosip Ilichich ("Atalanta"), Yan Oblak ("Atletiko") va Xuan Bernat (PSJ) ushbu sovrin uchun kurash olib boradi.
Zabittser "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi. Ilichich esa "Valensiya" darvozasini 4 marta ishg‘ol qildi. Oblak "Enfild"da bo‘lib o‘tgan "Liverpul"ga qarshi o‘yinda raqiblarning 11 ta zarbasini qaytarishga erishdi. Bernat esa"Borussiya" Dortmund darvozasiga gol urdi va PSJning keyingi bosqichga chiqishiga yordam berdi.
Fikrlar