Chempionlik jangida nokautga uchragan bokschi mustaqil nafas ololmayapti

  • 6 dekabr, 2018, 15:55
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bokschi Adonis Stivenson ukrainalik Aleksandr Gvozdikga qarshi WBC chempionligi uchun kechgan jangda og‘ir nokautni qabul qilib olgan edi. Jang Kvebekda (Kanada) bo‘lgan. 41 yoshli kanadalikning jarohati jiddiy va ayni damda u mustaqil nafas ololmayapti, deya xabar bermoqda Boxing Scene nashri.

Tecno

Nokautdan so‘ng Stivenson tura olmagan va tezda shifoxonaga etkazildi. Stivenson chempionlik kamariga uch yil davomida egalik qilib keldi. Bu uning 10-himoya jangi va 8 yil ichidagi birinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Gvozdik hisobida 16 g‘alaba bor va mag‘lubiyat yo‘q.

Janob Stivenson shanba kunida yakshanbaga o‘tar kechasi operatsiya qilindi va yakkalik xonaga o‘tkazildi. Uning jarohati jiddiy. Hozir u barqaror holatda. Hozir unga respirator qo‘llab-quvvatlov kerak va doimo mutaxassislar nazoratida bo‘lishi kerak. Kelajak haqida taxmin qilish juda qiyin, – deya shifokor Aleksis Turjeonning so‘zlarini keltiradi Boxing Scene nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!