Chempionlik ostonasida turgan “Inter” olti futbolchini ko‘zladi

  • 27.04.2021 18:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

A Seriyada peshqadamlik qilayotgan “Inter” yozgi transferlar vaqtida tarkibini kuchaytirishni mo‘ljallamoqda. 

Milanliklar rahbariyati mavsum yakunlangach, klubga taklif qilinadigan olti nafar futbolchi nomini oshkor qildi.

Manbalarning ta’kidlashicha, birinchilardan bo‘lib, argentinalik ikki futbolchi – “Udineze” yarim himoyachisi Rodrigo De Paul va “Ayaks” himoyachisi Nikolas Talyafiko transferi amalga oshiriladi.

Shuningdek, “Inter” ro‘yxatiga "Kalyari" etakchisi Naitan Nandes va “Chelsi”da o‘ynayotgan Emerson ham kiritildi.

Bundan tashqari, milanliklar yoshi o‘tib qolayotgan Samir Xandanovichning o‘rnini bosa oladigan darvozabon qidirmoqda. Hozircha, bu o‘ringa “Udineze”dan Xuan Musso va “Atalanta”dan Perluiji Gollini munosib ko‘rilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!