
Chempionni Samarqandda jiddiy, vitse-chempionni Toshkentda oson o‘yin kutmoqda?!
Bugun Superligada 12-tur o‘yinlari start oladi. Kun doirasidan ikkita uchrashuvi o‘rin olgan. Amaldagi chempion ko‘hna va navqiroq Samarqandga boradi. Vitse-chempion o‘z maydonida navoiyliklarni qabul qiladi.
“Lokomotiv”ni Samarqandda kutayotgan jiddiy sinov
Har doim “Lokomotiv” yomon start oladi. Ammo mavsum o‘rtalarida o‘ziga qaytadi va chempionlik uchun kurashadi. Bu gal ham “temiryo‘lchilar” o‘z an’analariga “sodiq” qolishdi.
Superligani “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda mag‘lubiyat bilan boshlagan Andrey Fyodorov shogirdlari hozir ancha o‘zlariga kelib qolishdi. Temurxo‘ja Abduxoliqov to‘purarlik salohiyatini namoyish etmoqda. Jamoaning kombinatsiyalari ham avvalgidek chiqmoqda. “Loko” peshqadam “sherlar”ni ta’qib etishda davom etmoqda. Ular orasidagi farq 5 ochkoni tashkil qiladi.
“Dinamo” jamoasi ushbu mavsum Superligada o‘z maydonida birorta uchrashuvda mag‘lub bo‘lmadi – 3 g‘alaba va 3 durang. “Dinamo” o‘tgan mavsumni Pro ligada o‘tkazgandi. 2017 yilda esa oliy ligada o‘ynagan. O‘sha yili “Dinamo” 29-turda “Lokomotiv”ga 1:5 hisobida imkoniyatni boy bergan va ushbu mag‘lubiyat samarqandliklarning O‘zbekistonning eng yuqori ligasida o‘z maydonidagi so‘nggi mag‘lubiyatidir. Ushbu g‘alabadan keyin “Lokomotiv” 2017 yilgi O‘zbekiston chempioniga aylangandi.
Mana shu omillar sabab ushbu bellashuv keskin kurashlar ostida o‘tishini ta’minlashiga ishonib qolamiz. “Dinamo” bu mavsum o‘z maydonida davom e’tayotgan an’anasini, “Lokomotiv” esa chempionlik kurashida “Paxtakor” bilar oradagi farqni yanada yiriklashishiga osonlikcha rozi bo‘lmaydi. Bu esa bizni oldinda jiddiy qarama-qarshilik kutayotganini anglatadi.
Imkoniyat: 45% - 55%
“Paxtakor”ni oson o‘yin kutmoqda?!
Bu mavsum niyati ancha jiddiy “Paxtakor” OChLda guruhdan chiqa olmadi. Endi e’tibori ichki musobaqalarga qaratilgan. Lekin “sherlar” Superligada biroz qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Qiyin o‘yinlar o‘tkazdi. Lekin jamoa g‘alaba qozonishni uddaladi.
Bu turda Shota Arveladze shogirdlari uchun nisbatan oson raqib duch keldi. “Qizilqum” klubi Toshkentda etakchiga qanda qarshilik ko‘rsatishini ochig‘i, aytish juda mushkul. Chunki mezbonlar o‘z uylarida umuman boshqacha o‘yin namoyish etishadi. Hozircha “Paxtakor” maydonida faqatgina “Navbahor” durang qayd etdi xolos. “Qizilqum”ni bu boradagi imkoniyati ancha past. Shu bois mazkur bahsda mezbonlarning g‘alaba qozonishlari haqiqatga yaqin.
Imkoniyat: 60% - 40%
Fikrlar
aytgancha namanganlik ashadiy muxlislar sizlardan iltimos ertangi uyinda muxlislik madaniyatiga rioya qilgan xolda ajoyib atmasferada qullab quvatlashingizni istardim etiboringiz uchun katta raxmat