
Chempionship chempioni "Barselona"ni boshqaradi
"Barselona" sardori Lionel Messi jamoa boshqaruviga "Lids" bosh murabbiyi Marselo Belsa kelishini xohlamoqda, deya xabar bermoqda The Sun.
Argentinalik mutaxassis mavsum yakunlariga ko‘ra, 16 yillik tanaffusdan so‘ng "Lids"ni APLga olib chiqdi.
"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten va jamoa sardori o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashmoqda. Klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeu Xavi kelajakda jamoani qabul qilib olishini xohlamoqda. Ammo hujumchining fikricha, Belsa kataloniyaliklarning hozirgi muammolarini hal qila olishi mumkin.
Belsa bungacha "Lill", "Latsio", "Marsel", "Atletik" klublari, shuningdek Chili va Argentina terma jamoalarida ishlagan. Uning qo‘li ostida "Atletik" Ispaniya Kubogi va Evropa Ligasi finaliga etib borgan.
Fikrlar