Chemponat o‘yinlari Turkiyada davom ettirilishi mumkin
Ruminiya Professional futbol ligasi chorshanba kuni klublar bilan o‘tkazilgan videokonferentsiyada chempionat bahslarini Turkiyada davom ettirish taklifini ilgari surdi. E’tiborlisi, klublar ham ushbu taklifni qabul qildi.
Ruminiya chempionati mart oyida koronavirus pandemiyasi bois to‘xtatib qo‘yilgan edi. 2-3 haftadan so‘ng klublar charter reys orqali Antaliyaga borishadi va u erda mashg‘ulot o‘tkazib, iyun oyidan musobaqani davom ettirishadi. Shu tarzda Ruminiya chempionati iyul oyida yakuniga etadi.
Bu boradagi yakuniy qarorni esa Ruminiya mamlakati rahbariyati qabul qiladi.
Fikrlar