Chendler: "Bizga sog‘lom Konor kerak"
Engil vazn toifasida UFC jangchisi Maykl Chendler nima uchun sobiq chempion Konor Makgregorni jangga chorlashga shoshmayotganini aytdi.
"Men unga hurmat bilan murojaat qildim: "Ey Konor, qachon bo‘lishidan qatiy nazar, tayyor bo‘lsang o‘shanda jang qilamiz".
Avval oyog‘ini 100 foiz davolasin. Makgregor qaytsa, yakkakurashlar va UFC yaxshilanadi. Bizga oktagonda sog‘lom Konor kerak. Shu sababli, shoshmaslik kerak. Ko‘ramiz, u qachon qaytarkin", - dedi Chendler.
Eslatib o‘tamiz, irlandiyalik sportchi Dastin Porega qarshi jangda oyog‘idan jiddiy jarohat olgandi.

Fikrlar