
Cheran 4 ta gol urgan o‘yinda "Paxtakor" g‘alaba qozonib, 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi
O‘zbekiston Superligasi 25-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar 6:0 hisobida zafar quchdi.
Toshkentliklar safida Dragan Cheran 4 ta gol urdi, Dostonbek Hamdamov va Azizbek Turg‘unboev bir marotabadan Nesterov darvozasini ishg‘ol etdi.
Shu tariqa, raqibini tor-mor keltirgan "sherlar" ochkolari sonini 51 taga etkazib, chempionat peshqadamiga aylanib oldi. Navoiyliklar hisobida 36 ochko bor.
Fikrlar