
"Chessable Masters": Nodirbek Abdusattorov 2-divizion mutlaq chempionligini qo‘lga kiritdi
Onlayn tarzda tashkil etilgan "Chessable Masters" turniri 2-divizionida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
2-divizion grand finalida frantsiyalik Maksim Vashierni 2,5-1,5 hisobida mag‘lub etgan Abdusattorov divizion mutlaqchempionligini qo‘lga kiritib, may oyida bo‘lib o‘tadigan onlayn shaxmat seriyasining navbatdagi turnirida 1-divizonda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar