
Chililik jurnalist: "MYu Vidal uchun ko‘proq taklif qilmoqda"
Chilining DIRECTV telekanali jurnalisti Erman Chanam xabariga ko‘ra, "Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin.
"Oxirgi kunlarda MYu Vidal uchun kurashga qo‘shildi. Ular "Inter"dan ko‘ra yaxshiroq taklif bilan chiqishdi", - deydi jurnalist.
Eslatib o‘tamiz, "neradzurrilar" Vidal uchun 12 million evro taklif qilishgan edi. Lekin "Barselona" futbolchini 20 million evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Fikrlar