Chilluel: Mashg‘ulotlarni tugatdik, ammo kechki ovqatni hamon kutyapmiz

  • 31.07.2023 08:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

London klubi himoyachisi Ben Chilluel Pochettino qo‘l ostida "Chelsi"dagi muhit haqida gapirdi.

"Bir kuni biz stadion bo‘ylab 10 aylana yuugrdik, lekin sakkizinchisidayoq murabbiy bizga, agar xohlasak shu erda to‘xtatishimiz mumkinligini aytdi. 8 marta aylanishning o‘zidayoq barcha futbolchilar maydonga yotib olishdi. Shunda murabbiy yana ikki marta aylansak, kechki ovqatga mehmon qilishini aytdi. Biz mashg‘luotlarni tugatdik, ammo kechki ovqatni hali-hamon kutyapmiz!

Pochettino bilan munosabatlar murabbiy va futbolchi o‘rtasidagi munosabatdan ko‘ra shaxsiyroqdir. Shunga qaramay, murabbiyni biz bilan ko‘proq ishlashini xohlaymiz",- dedi "Chelsi" himoyachisi.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!