
Chjan Chjiley: "Bitta jang bilan Ngannuning darajasini yuqori deb aytish xato !"
Xitoylik og‘ir vazn toifasidagi bokschi Chjan Chjiley Frensis Ngannu haqida fikr bildirdi.
" Og‘ir vazn toifasida WBO yo‘nalishi bo‘yicha vaqtinchalik jahon chempioni Chjan Chjiley (25-1-1, 21 KO) aralash yakkakurash yulduzi Frensis Ngannu (0:1) bilan jang qilishga tayyorligini aytdi. “Menimcha, Ngannu Tayson Fyurining eng yomon versiyasi bilan jang qildi va shu tufayli nisbatan yaxshiroq ko‘rindi.Buni hisobga oladigan bo‘lsak, Ngannu haqiqatdan kuchlimikin?Men bunday deb o‘ylamayman.
Hamma "Ngannu !!!" deya shov-shuv ko‘tarmoqda, lekin menimcha,uning og‘ir vazn toifasidagi darajasini bilish uchun Ngannu yana 2-3 ta jang o‘tkazishi kerak.Agar u men bilan jang qilmoqchi bo‘lsa,men tayyorman. Ammo Frensis bunga nima der ekan? ” dedi Chjiley You Tube dagi Boxing World Weekly kanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar