Dahshat! "Bunyodkor" va "Paxtakor" 2021 yilni salkam 70 milliard so‘m zarar bilan yakunlagan
O‘tgan 2021 yilda eng ko‘p zarar bilan ishlagan 20 ta davlat korxonasi ro‘yxati e’lon qilindi.
E’tiborli tomoni, eng ko‘p zarar ko‘rgan korxonalar orasida poytaxtning ikki grand klubi - «Bunyodkor» (10-o‘rin) va «Paxtakor» (11-o‘rin) ham bor. "Qaldirg‘ochlar" yilni 37 mlrd so‘m, "sherlar" esa 30,3 mlrd so‘m zarar bilan yakunlagan.
Ta’kidlash kerakki, “sherlar” o‘tgan mavsum Superligada chempionlikni qo‘lga kiritgan va mamlakat kubogida finalga qadar etib borgan, Osiyo Chempionlar ligasini esa guruh bosqichidayoq yakunlagan edi. “Qaldirg‘ochlar” esa Superligada bor yo‘g‘i 5-o‘rin bilan kifoyalanishgan xolos.

Fikrlar