Daily Mail: Kovachich faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin

  • 17 aprel, 2019, 19:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni “Chelsi” safida ijarada o‘tkazayotgan  “Real” xavbeki Mateo Kovachich “Zenit”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli xorvatiyalik futbolchining agenti Sankt-Peterburg shahri klubi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kovachichning “aristokratlar” bilan ijara shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Londonliklar ustozi Mauritsio Sarri esa uni tarkibda saqlab qolmoqchi. Ammo, FIFAning “Chelsi”ga qo‘ygan transfer ta’qiqi sabab ular Kovachichni sotib olisholmaydi.

O‘z navbatida “Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan esa Kovachichni Madridga qaytishini xohlamayapti.

Ma’lumot uchun, Kovachich joriy mavsum “Chelsi” safida APLda 28ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!