Dam olish kunlari "Barselona" xavbeki Turinda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

  • 26 iyun, 2020, 16:27
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Barselona" yarim himoyachisi Artur Melo "Yuventus"ga o‘tishga yaqin turibdi.

RAC1 nashri ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun futbolchiga Turinga yo‘l olishiga ruxsat berishgan.

Oldinroq, "Barselona" va "Yuventus" Artur va Miralem Pyanichni almashtirish bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingan edi.

Evropa matbuotiga ko‘ra, Turin klubi ispaniyalik futbolchining transfer uchun Pyanichdan tashqari yana 10 million evroni Kataloniya klubi hisob raqamiga o‘tkazib beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!