
Dana Uayt Aldoning faoliyatini yakunlagani haqida gapirdi
UFC prezidenti Dana Uayt braziliyalik mashhur jangchi Joze Aldoning faoliyatini yakunlash haqidagi qaroriga izoh berdi.
“Biz Jose Aldoni yaxshi ko‘ramiz. UFC har doim uning uyi bo‘lib qoladi. Biz unga: “Agar biror narsa kerak bo‘lsa, turnirga tashrif buyurishni istasang, bu sening uying”, deb aytdik.
Aldo ushbu sportni rivojlantirishimizga va Braziliyada brendimizni yaratishimizga yordam bergan yigit.
Biz uni yaxshi ko‘ramiz va doimo hurmat qilamiz. Jose ajoyib yutuqlarga erishdi va ko‘p pul ishladi. Men u va uning oilasi uchun juda xursandman”, - dedi Uayt.
Fikrlar