
Dana Uayt: "Brendon Moreno bizning eng katta yulduzlarimizdan biri"
Dana Uayt Brendon Morenoni UFC ning eng katta yulduzlaridan biri deb hisoblashini aytdi:
"Brendon - bizning eng katta yulduzlarimizdan biridir. Brendon Moreno bilan yonma-yon dasxat ulashganingizda uni promoushenimizning eng mashhur jangchilaridan ekanligini tushunasiz. U mustahkam va ajoyib meksikalik jangchi! Xuddi Xulio Sezar Chavesga o‘xshab boshini bog‘lab chiqishini va uning harakatlarini tomosha qilgandirsiz? U so‘ngi jangida o‘ziga xos harakatlar bilan tana qismiga zarba berib raqibini to‘xtatdi. Bu juda zo‘r", dedi Uayt.
Eslatib o‘tamiz, Moreno so‘ngi jangida Kay- Kara Frantsni "midl-kik" zarbasi bilan texnik nokautga uchratgandi.
Fikrlar