
Dana Uayt: "Frensis Ngannu UFC da boshqa jang qilmaydi"
Og‘ir vazn toifasi vakili Frensis Ngannu (17-3) UFCda boshqa umuman jang qilmaydi, deb Dana Uayt ma’lum qildi.
"Ngannuning qaytishi? Yo‘q. Unga jang tashkil qilamiz deya ikki yil mobaynida harakat qildik. U bilan mutlaqo ishlab bo‘lmaydi. Shunday ekan yo‘q, endi u hech qachon UFC da bo‘lmaydi. Biz qattiq ishlashimizga qaramay u qaror qildi. Biz unga ancha ko‘p pul taklif etdik, faqat hurmat bilan munosabatda bo‘ldik. Uni olib qolishga urindik, ammo kema suzib ketdi",- dedi Uayt.
Eslatib o‘tamiz, Ngannu so‘ngi jangini 2022 yil 22 yanvarda Siril Ganga qarshi o‘tkazib, ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi.
Fikrlar