
Dana Uayt ko‘z oldida o‘zbek jangchisi ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdi
Hozirgina BAAning Abu-Dabi shahrida “UAE Warriors” promousheni tomonidan tashkil etilagan jang kechasida oktagonga ko‘tarilgan Avliyoxon Hamidov chiroyli g‘alabani qo‘lga kiritdi. U kanadalik jiddiy raqib Lui Jordeyn bilan ajoyib uch raundni o‘tkazdi. Raundlar mobaynida “teyk-daun"lardan unumli foydalangan yurtdoshimiz haqli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Yana shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, bu turnir UFCning engil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov xotirasi uchun o‘tkaziladi. Faxriy mehmonlar - Habib Nurmagomedov hamda UFC promousheni prezidenti Dana Uayt ham ushbu jangni bevosita kuzatib bordi.
Jahongir Qoraboev shogirdi Avliyoxon Hamidov faoliyatidagi 10-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, uch mag‘lubiyat va bir durang ham qayd etgan. Ahamiyatlisi, Hamidov so‘nggi 5 jangini g‘alaba bilan yakunlagan. Kanadalik jangchi esa, 7 bora jang o‘tkazib, ularning 5 tasida zafar quchgan va ikki bor mag‘lubiyatga uchragan edi. Ushbu jang uning uchun sakkizinchisi va uchinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.
Fikrlar