
Dana Uayt nega Mayk Tayson – Jeyk Pol jangini tanqid qildi?
UFC prezidenti Dana Uayt taniqli bokschi Mayk Tayson va Jeyk Pol o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida gapirdi.
Dastlab, Mayk(50-6, 44 KO) va Jeyk(9-1, 6 KO) 20 iyul kuni to‘qnash kelishi kerak edi, biroq ular 57 yoshli Taysonning sog‘lig‘i tufayli bahsni boshqa sanaga ko‘chirishga qaror qilishdi.
“Tayson allaqachon 58 yoshda. U deyarli, 60 yoshli erkak. Menimcha, Mayk 27 yoshli yigit bilan har qanday holatda ham urishmasligi kerak. Hatto "Temir musht" bo‘lsa ham.
Men Mayk Taysonni hurmat qilaman. Ammo, u qariyb 60 yosh...?! Nima demoqchi ekanimni tushunyapsizmi? Bugun belim og‘riyapti va bundan o‘layozmoqdaman. Balki, men ellik yoshda bo‘lganim uchundir. Shunday ekan, Pol va Tayson jangi juda kulgili”, – dedi Uayt "Flagrant"ning "You Tube" kanalida.
Fikrlar