Dana Uayt: "Oq Uyda, bemalol, turnir o‘tkaza olamiz, faqat bir katta muammo bor"

  • 19.05.2026 18:03
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC rahbari Dana Uayt Oq Uydagi o‘tadigan turnirning tashkilotchilik masalalari va unda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar haqida gapirib o‘tdi.

"AQSh prezidenti Donald Tramp atigi ikki kun avval "Pushti bog‘"ni ochdi va meni kechki ovqatga taklif qildi. Biroq u yerda shu qadar ko‘p pashshalar uchib yurgandiki, jin ursin, eslashni ham istamayman. Ziyofatdan so‘ng samolyotga o‘tirishim bilanoq, tegishli tashkilotlarga qo‘ng‘iroq qilib, bu muammoni bartaraf etish kerakligini aytdim. Chunki ochiq havoda turnir o‘tkazganda mayda detallarigacha ahamiyat berish zarur.

Tasavvur qiling, biz o‘sha kuni barcha proyektorlarni yoqsak, qancha yorug‘lik paydo bo‘ladi hamda unga qancha chivinlar, parvonalar va yana Xudo biladi nimalar uchib keladi?! Sportchilar oktagonda – jang ketyapti, sening esa og‘zingga, ko‘zingga pashshalar uchib kiryapti", - dedi Uayt "BoardroomTalks"ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Oq Uydagi turnir 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!