
Daniel Korme: "Ko‘p narsa dog‘istonliklarning Konor Makgregor bilan uzoq yillik dushmanligiga borib taqaladi"
Haqiqatni tilida jimgina ushlab turmaydigan va omma oldida bemalol gapira oladigan Islam Maxachev ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida Konorning qilmishlarini qoralab chiqdi.
"Makgregorning qilmishlari fosh etilishi uchun ozgina vaqt kerak edi xolos. Mana endi o‘sha on etib keldi. Butun dunyo uning spirtli ichimliklarga mukkasidan ketgani, giyohvand moddalarga ruju qo‘ygani va hatto bir ayolga zo‘ravonlik qilganidan ham xabar topdi. Ishoning, tez orada yanada ko‘proq faktlar oydinlashadi!” - dedi engil vaznda amaldagi UFC chempioni.
Shundan so‘ng, sobiq UFC chempioni, hozirda sharhlovchi sifatida ishlayotgan Daniel Korme ushbu holatga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Maxachevning Konor haqidagi gaplarini o‘qidim. Bunday so‘zlarni undan eshitish odatiy hol. Men dog‘istonlik ko‘plab yigitlarni bilaman, ular haqiqatan ham ahmoqona gaplarni yaxshi ko‘radi, lekin Islom dinida bunday emas. Balki bu dog‘istonliklarning Konor Makgregor bilan uzoq yillik dushmanligiga bog‘liqdir”, — dedi Korme o‘zining You Tube dagi kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Makgregorga zo‘rlangan jabrlanuvchi uchun 250 ming dollar to‘lash sharti qo‘yilgan.
Fikrlar