Danilo o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun "Inter"ga o‘tmoqchi
Angliyaning "Manchester Siti" klubi himoyachisi Danilo faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluka Di Martsio xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, braziliyalik himoyachi o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun "Manchester Siti"ni "Inter"ga almashtirmoqchi. Futbolchi buning uchun kamroq maosh olishga ham rozi.
Ma’lumot o‘rnida, Danilo bu mavsum APLda 10 ta uchrashuvda maydonga tushgan va bir marta gol urgan.

Fikrlar