Daniyadan durang, Qozog‘iston esa so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi

  • 20 iyun, 2023, 02:56
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Evro-2024" saralash bosqichining "H" guruhida 4-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Daniya va Sloveniya murosa ko‘chasini tanlagan bo‘lsa, Finlyandiya San-Marinoni ayab o‘tirmadi. Qozog‘iston esa daqiqalarda gol urib, g‘alabani ilib ketdi. 

Tecno

Sloveniya - Daniya o‘yinida hisobni Shporar 25-daqiqada ochdi. Taym so‘nggida Xyoylunn imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. 

Mazkur durang natijasida Sloveniya 4-o‘ringa, Daniya 3-o‘ringa joylashdi. 

Finlyandiya - San-Marino bahsida Xokans xet-trik qildi. Kelman, Kamara va Pukki o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. Ushbu g‘alabadan keyin Finlyandiya guruhda birinchi o‘ringa chiqib oldi. 

Shimoliy Irlandiya - Qozog‘iston o‘yini qo‘shnilarimizning qo‘li baland keldi. 88-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Aymbetov gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. 3 ochkoni qo‘lga kiritgan Qozog‘iston ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!