
Danso uchun kurash davom etadi! "Yuventus" uni qo‘lga kirita olmasligi mumkin
"Lans" himoyachisi Kevin Danso klubni tark etishga harakat qilmoqda. Frantsiya jamoasi futbolchini qishki transferlar oynasida sota olmadi. Shu sababli, so‘nggi taklif bu "Yuventus"ga ijaraga berish bo‘lib qolayotgandi.
Ammo kutilmaganda kurashga Liga 1'dan "Renn" ham qo‘shildi. Ushbu klub "Lans" xohlayotgan summa 22 million evroni to‘lashga tayyor, lekin himoyachining o‘zi Italiyaga yo‘l olishni tanlagan.
Tez orada "Yuventus" yaxshiroq taklif bilan chiqishga harakat qiladi. Di Martsio xabar berishicha, shartnomada uni 25 million evroga sotib olish bandi ham bo‘ladi.
Fikrlar