Dastan Satpaev "Börnli"ning eng yaxshi oʻyinchilaridan biriga aylandi

  • 27.08.2026 08:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Bernli» tarkibida toʻp surishni boshlagan Qozogʻiston terma jamoasi hujumchisi Dastan Satpaev ilk bor jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushdi. U Angliya liga kubogi ikkinchi bosqichidagi «Bredford Siti»ga qarshi uchrashuvni startda boshladi, deb xabar bermoqda Sports.kz.

18 yoshli forvard 80 daqiqa oʻynab, Sofascore versiyasiga koʻra 7,1 bahoni qoʻlga kiritdi. Bu koʻrsatkich «Bernli» futbolchilari orasida uchinchi natija boʻldi. Faqat himoyachi Lukas Pires (7,3) va darvozabon Greguar Kuder (7,2) undan yuqori baholandi. Satpaev oʻyin davomida darvoza tomon ikki marta zarba berdi (ikkalasi ham darvoza doirasiga yoʻl topmadi) va bir bor oʻtkir pas amalga oshirdi.

Qozogʻistonlik futbolchi 35 uzatmaning 30 tasini aniq yetkazdi — bu 86 foiz aniqlik demakdir. Raqib maydoni yarmida u 23 pasdan 19 tasini manziliga yetkazgan, oʻz yarmida esa 12 uzatmaning 11 tasi aniq chiqqan. Shuningdek, uning hisobida ikki uzun uzatmaning bittasi manziliga yetgan va ikki marta qanotdan yoʻllagan uzatmalari samarasiz yakunlangan.

Satpaev oʻyin davomida toʻpga 56 marta tegdi, jami 203,1 metr masofaga 18 marta toʻp bilan sprint amalga oshirdi va besh bor jamoasi hujumini oldinga siljitdi. Uning toʻpni oldinga olib borish masofasi 135,1 metrni, faol dribling orqali ilgari lashi esa 103,4 metrni tashkil etdi. Eng uzun individual yurishi 22,9 metrga yetdi. Forvard ikki dribling urinishining bittasini muvaffaqiyatli bajardi, uch marta toʻpni noaniq qabul qildi va 13 holatda toʻpni yoʻqotib qoʻydi.

Himoyada ham Satpaev faol koʻrindi: u beshta samarali harakat qayd etdi, toʻrtta toʻpni tortib olish urinishining barchasida gʻalaba qozondi va bir marta pasni perehvat qildi. Erdagi olti kurashning beshtasida, havodagi ikki kurashning bittasida ustun keldi va ikki bor toʻpni jamoasi ixtiyoriga qaytardi. Hech bir raqib unga yakkama-yakka driblingda ustun kela olmadi.

80-daqiqada Dastan Satpaev oʻrniga Yakob Bruun Larsen maydonga tushirildi. Asosiy vaqt 0:0 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa «Bernli» 2:4 hisobida magʻlub boʻlib, Angliya liga kubogidagi ishtirokini yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!