Dastan Satpaevning "Chelsi"dagi asosiy muammosi aytildi

  • 04.08.2026 08:26
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Britaniyaning nufuzli nashri Daily Mail yangi mavsum – 2026/27 yil oldidan «Chelsi» tarkibidagi juda katta raqobatga e'tibor qaratdi.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, londonliklar bosh murabbiyi Xabi Alonso ixtiyorida hozircha asosiy jamoa ro‘yxatida 46 nafar futbolchi bor. Yangi transferlar hisobiga bu raqam yana oshishi kutilmoqda.

Alohida ta'kidlanishicha, 17 yoshli Qozog‘iston terma jamoasi hujumchisi Dastan Satpaev ham «Chelsi» hujum chizig‘idagi o‘rin uchun kurash olib boradi.

- Nikolas Jekson bir yillik «Bavariya»dagi ijaradan so‘ng hujumchilar safini to‘ldirdi. U bilan birga Qozog‘istondan kelayotgan yosh iste'dod – Dastan Satpaev ham jamoaga qo‘shiladi. U bilan klub 2025 yil fevralda shartnoma imzolagan, ammo u faqat avgust oyida „Chelsi“ga rasmiy qo‘shilishi kerak, — deb yozadi Daily Mail.

Nashr qayd etishicha, Qozog‘iston terma jamoasi hujumchisi Satpaev hozircha london klubining rasmiy saytida asosiy tarkib futbolchilari ro‘yxatida ko‘rsatilmagan. Shunga qaramay, u mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida Alonso qo‘l ostida maydonga tushib ulgurgan.

- Satpaev klub saytida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, shunga qaramasdan, u allaqachon Alonso boshchiligida maydonga tushgan, — deya ta'kidlanadi maqolada.

Qozog‘istonlik hujumchining asosiy raqobatchilari sifatida Joao Pedro, Liam Delap, Mark Giu, Denni Uelbek va Emanuel Emega tilga olingan. Bundan tashqari, «Bavariya»dagi ijarasini yakunlagan Nikolas Jekson ham jamoaga qaytdi.

Daily Mail tahliliga ko‘ra, «Chelsi» rahbariyati tarkibni qisqa muddat ichida qisqartirishga majbur. Ba'zi pozitsiyalarda bitta o‘rin uchun sakkiz nafarigacha futbolchi da'vogarlik qilmoqda.

Alonso uchun yana bir qo‘shimcha muammo – Mixail Mudrikning doping ishi yakunlangach jamoaga qaytishi bo‘ldi. Ukraina terma jamoasi yarimhimoyachisi yana londonliklar bilan birga mashg‘ulot o‘tkazmoqda va hujum chizig‘ida o‘yin vaqti uchun da'vo qiladi.

Shu bilan birga, bir qator futbolchilar klubni tark etishi mumkin. «Chelsi» himoyachi Trevo Chaloba bo‘yicha «Komo» bilan muzokara olib bormoqda. Aksel Disasiga esa «Kristal Pelas» va «Vest Xem» tomonidan qiziqish bildirildi.

Shunday sharoitda Satpaev «Chelsi»dagi to‘liq professional faoliyatini juda kuchli raqobat muhitida boshlamoqda. Endi Xabi Alonso qaror qilishi kerak: qozog‘istonlik forvard asosiy tarkibda qoladimi, yoshlar jamoasida muntazam o‘yin amaliyoti oladimi yoki vaqtincha ijaraga jo‘natiladimi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!