
Dastin Pore: "Islam bilan jangimiz muddatidan oldin yakunlanadi"
Engil vazn toifasi jangchisi Dastin Pore divizion chempioni Islam Maxachev bilan bo‘lajak to‘qnashuv haqida gapirdi.
Dastinning fikricha, jang to‘liq davom etmaydi:
"Maxachev har tomonlama etuk. Kurashda ham, "stoyka"da ham. U har bir jangini erta yakunlashga intiladi. Shuningdek, bizning to‘qnashuv ham to‘liq davom etmaydi.
Yakshanba kuni qaysi birimizdir yiqilamiz. Men esa mana shunday shiddatli jangni qabul qilganimdan xursandman", - dedi Pore.
Eslatib o‘tamiz, yakshanba tongida "UFC302" turniri markaziy jangida Islam Maxachev va Dastin Pore engil vazn toifasi chempionligi uchun oktagonga chiqadi.
Fikrlar