
Dastin Pore va Charlz Oliyvera jangi sanasi ma’lum. Ushbu kechada yana ikki chempionlik to‘qnashuvi bo‘ladi
Ma’lumki, Habib Nurmagomedov UFC engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini vakant qoldirganidan so‘ng, ushbu titul uchun Charlz Oliveyra hamda Maykl Chendler o‘zaro jang o‘tkazgan va yakunda Oliyvera divizion chempioniga aylangan edi.
Endi, braziliyalik jangchi ushbu chempionlik kamarini AQSh vakili tom ma’noda chempionlik uchun da’vogar Dastin Poredan himoya qiladigan bo‘ldi.
Ular o‘rtasidagi ushbu chempionlik jangi 12 dekabr sanasida “UFC 269” turniri doirasida o‘tkaziladi.
Shuningdek, ushbu kechada yana ikkita chempionlik bahsi o‘rin olgan. Ayni vaqtda “UFC 269” turniri kardi mana shu ko‘rinishga kelgan. Albatta, bu yakuniy emas!
Asosiy kard:
Charlz Oliveyra (Braziliya) Dastin Pore (AQSh) (engil vaznda chempionlik jangi);
Amanda Nunes (Braziliya)- Julianna Penya (AQSh) (ayollar birinchi engil vaznida chempionlik jangi);
Brendon Moreno (Meksika) - Aleshandre Pantoja (Braziliya) (eng engil vaznda chempionlik jangi);
Kodi Garbrandt (AQSh)- Kay Kara-Frans (Yangi Zellandiya)
Prelim kard:
Pristsila Kachoeyra (Braziliya) - Jillian Robertson (Kanada)
Fikrlar