David De Xea Edvin Van Der Sarga etib oldi

  • 2 fevral, 2020, 22:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha "Manchester Yunayted" va Ispaniya terma jamoasi darvozaboni David De Xea "Vurverxempton"ga qarshi bahsda o‘zining APLdagi 300-o‘yinida maydonga tushdi.

Tecno

Unga ko‘ra, De Xea ushbu o‘yinlar davomida o‘z darvozasidan 307 ta gol o‘tkazib yuborib, 106 tasida quruq o‘yin o‘tkazgan.

Ispaniyalik kiper "qizil iblislar" libosida umumiy hisobda 390 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Ularning 135 tasida darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.

Shunday qilib, u quruq seriya o‘tkazish bo‘yicha MYu afsonasi Edvin van Der Sar natijasiga etib oldi. Nafaqadagi gollandiyalik darvozabon hisobida ham 315 ta quruq o‘yin mavjud.

Ro‘yhatni faxriy darvozabon Peter Shmeyxel 180 ta o‘yin bilan boshqarib kelmoqda, kuchli uchlikni Aleks Stepni 175 va Gari Beyli 161 ta quruq o‘yin bilan yakunlab beradi.

Eslatib o‘tamiz, De Xea MYu darvozasini 2011-yildan buyon himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsum avvalida klub u bilan yangi kelishuvga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!