
David Goffin yana yutqazib qo‘ydi
Belgiyalik tennischi David Goffin Antverpen shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirning ikkinchi davrasida frantsiyalik Ugo Umber bilan raqobatlashdi.
David mazkur bosqichda raqibiga qarshi o‘tgan o‘yinda Ugoga 3:6, 1:6 hisobida kutilmaganda imkoniyatni boy berib qoldi.
Shu tariqa, "European Open"ning chorak finaliga chiqqan Umber endi argentinalik Gvido Pelya bilan o‘zaro to‘qnash keladi.
Fikrlar