David Luiz safdan chiqdi
“Chelsi” klubi himoyachisi David Luiz yana jarohat oldi.
Himoyachining tizzasi va to‘pig‘idan jarohat olgani tufayli ushbu oyda jamoasiga yordam bera olmaydi. 8 aprel kuni “Vest Xem”ga qarshi uchrashuvda Luiz maydonga tushishi mumkinligi tahmin qilinmoqda.
Braziliyalik 2016 yildan buyon bir-necha marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Barselonaga uchgan. Eslatib o‘tamiz, Davidning oxirgi uchrashuvi “Uotford”ga qarshi 5 fevral kuni bo‘lib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli himoyachi joriy mavsumda 10 uchrashuvda maydonga tushib, 1 marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan va 1ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirishga erishgan.
Fikrlar