David Silva A Seriya klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 29 iyul, 2020, 09:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Latsio" klubi "Manchester Siti" bilan shartnomasi yakunlangan David Silvaga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 34 yoshli ispaniyalik futbolchi rimliklar bilan dastlabki muzokaralarni ham o‘tkazishga ulgurgan. Ta’kidlash kerakki, erkin agent hisoblangan Silvaga "Valensiya" va "Inter Mayami" klublaridan ham takliflar bor.

David Silva 2010 yildan buyon “Manchester Siti” sharafini himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 434 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 77 ta gol hamda 140 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!